«Bir bolaga uch kitob» kitoblar aksiyasi

2018-yil 18-may kuni o’quvchilar va ota-onalar uchun kitoblar yarmarkasi o’tkazildi. Kitoblar yarmarkasida o’qituvchilar va ota-onalar o’z o’quvchi hamda shogirdlariga kitoblar sovg’a qildi.

8-mart xalqaro xotin qizlar kuni

2018-yil 7-mart kuni 9-sinf o’quvchilari faolligida maktab faollar zalida katta bayram bo’lib o’tdi. Bayram dasturida maktab «Xotin qizlar» raisi Zulfiya Qurbonova va ona tiliva adabiyot fani o’qituvchisi Nafisa Shoimova tashkillashtirdi tadbir juda ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi

Borurxonlik kechasi

Maktabimiz faollar zalida Buyuk bobokolonimiz Zaxriddin Muhammad Bobur xotirasiga bag’ishlab 9 sinflar o’rtasida Boburxonlik kechasi bo’lib o’tdi. Tadbirni ona tili va adabiyot o’qituvchilari va maktab ma’muriyati kuzatib bordi.
DSC_0040боб
Tadbirda o’quvchilar Zaxriddin Muxammad Bobur xayotida qilgan ulkan va buyuk ishlarini o’z chiqishlari orqali yoritib berishga harakat qildilar.
DSC_0178боб

Zulfiyaxonimning 101 yilligi

DSC_0040зул

Maktabimiz ma’naviyat xonasida taniqli o’zbek she’riyatining yorqin timsollaridan bir Zulfiyaxonim Isroilovaning tavalludining 101 yilligi munosabati bilan bahorning ilk kuni ya’ni 1-mart kuni 8 sinflar o’rtasida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbir ishtirokchilari va maktab o’qituvchilari Zulfiyaxonim haqida ilq fikrlar va uning ijodiga mansub she’rlar aytib uning xotirasini yod etishdi. Tadbir so’ngida maktabning ma’naviy marifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari R.To’layev tadbirda faol qatnashgan o’quvchilarga faxriy yorliq va esdalik sovg’alr topshirdi.

«Navoiyni yod etib» Alisher Navoiyning 575 yilligi

Maktabimiz ma’naviyat va ma’rifat xonasida 7-fevral kuni g’azal mulkining sultoni Alisher Navoiyning 576 yilligiga bag’ishlab Navoiyni yod etib nomli tadbir bo’lib o’tdi.  Tadbirni maktabning ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Sulliyeva Gavhar boshchiligida 9-sinf o’quvchilari faolligida o’tdi.
DSC_0096навDSC_0003нав